Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qozog‘istonning Maqtaaral tumaniga O‘zbekistondan 200 kishi va maxsus texnikalar yetib keldi (foto)
6.05.2020 16:01,  
1086

O‘zbekiston fuqarolari va maxsus texnikalari toshqindan jabr ko‘rganlarga yordam berish uchun Maqtaaral tumaniga yetib kelishdi. Bu haqda viloyat hokimligi xodimlari Facebook sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Tezkor shtab axborot bo‘limi mutaxassisi Qanat Baysovning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatdan 42 ta maxsus texnika va 200 kishi kelgan. Texnikalar orasida nasoslar, buldozerlar va to‘g‘on qurishga mo‘ljallangan texnikalar bor. O‘zbekistonliklar suvdan tozalash ishlarini olib boradi va buzilgan uy-joylarni qurishda ishtirok etishadi. Ular oziq-ovqatini ham, yoqilg‘ini ham o‘zlari bilan olib kelishibdi. O‘R fuqarolari bularning barchasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan amalga oshirilayotganini aytishgan. O‘zbekistonlik yordamchilarning aytishicha, ertaga uy-joy qurish uchun qo‘shimcha ishchi kuchi yetib keladi va zarur qurilish materiallari ham yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyat hokimi O‘mirzaq Sho‘keyev bir qator mutaxassislar bilan O‘zbekistonga tashrif buyurib, toshqinlar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan edi. Kecha O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shni Maqtaaral tumanidagi toshqin oqibatlarini bartaraf qilishga yordam berishni va’da qilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан