Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mardikorlarning huquqlarini himoya qilgan Fahriddin Tillayev 4 yillik qamoqdan so‘ng ozodlikka chiqarildi
14.05.2018 18:03,  
4

2014 yilda qamalga Fahriddin Tillayev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda "Sof.uz"ga O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi 2014 yil 6 martda Fahriddin Tillayevni (1971 yil tug‘ilgan, Surxondaryo viloyatidan) O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasida (odam savdosi) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topib, 10 yilu 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risida hukm qilgan edi. 2013 yil 12 dekabrdagi amnistiya akti bilan jazoning o‘talmagan qismi uchdan bir muddatga qisqartirildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 2014 yil 17 apreldagi appelyasiya instansiyasi qarori bilan esa hukm o‘zgartirishsiz qoldirildi.

O‘zbekiston Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha Sud kollegiyasining 2018 yil 11 maydagi qarori bilan jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi hukm va jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining qarori o‘zgartirildi.

Fahriddin Tillayevga 6 yilu 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. 2013 yil 12 dekabrdagi amnistiya akti bilan belgilangan jazo muddati uchdan bir qismga qisqartirildi. U jazoni o‘tab bo‘lgani munosabati bilan ozodlikka chiqarildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан