Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank asosiy stavkani 1 foizga pasaytirdi
10.09.2020 16:14,  
527

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgiladi.

MB axborot xizmati xabar berishicha, ushbu qaror inflyasiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyasiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi.
Bunda, prognoz qilinayotgan davrda inflyasiyani keskin oshiruvchi omillarning nisbatan kamligi pul-kredit sharoitlarini inflyasion xatarlarni yuzaga keltirmasdan yumshatish imkonini beradi.

Yil yakuni bo‘yicha inflyasiya prognozi 11-12,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlanib qolindi va bunda inflyasiyaning prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanish ehtimoli ortmoqda. Shuningdek, iqtisodiyotda inflyasion kutilmalar barqaror pasayishi va makroiqtisodiy barqarorlikning saqlab qolinishi sharoitida inflyasiya prognozi yanada pasaytirish tomonga ko‘rib chiqilishi mumkin.

Markaziy bank Hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflyasiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан