Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz holatida saqlab qoldi
11.06.2020 17:55,  
85

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qoldi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu qaror inflyasiya prognozining barqaror pasayish trendi shakllanib borayotganligi hamda iqtisodiyotning tiklanish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohlanadi.

Markaziy bank inflyasiya prognozining pasayishidan kelib chiqqan holda, keyingi yig‘ilishlarda asosiy stavka darajasini pasaytirish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Kelgusida ham Hukumat bilan birgalikda 2023 yilga qadar inflyasiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha choralar ko‘riladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан