Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank ayrim banklarga nisbatan jarima qo‘lladi
27.08.2019 17:12,  
24

Markaziy bank ayrim banklar o‘z xizmatlarini ko‘rsatishda iste’molchilarining huquqlari buzilishi holatlarini aniqladi.  

Xususan, “Ipoteka-bank” ATIB va “Xalq banki” ATBlarning tariflarida qonun hujjatlari bilan mijozlardan undirilishi taqiqlangan komissiya to‘lovlari mavjud bo‘lsa, “Davr-bank” XATB o‘z faoliyatida mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida qonun hujjatlari talablariga rioya qilmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilgan. Jumladan, Davrbank tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan bank xizmat turlarining tarkibiga asosiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha xizmatlar kiritilgan hamda bankning veb-sayti va axborot stendlarida haqqoniy bo‘lmagan ma’lumotlar joylashtirilgan.  

Shu munosabat bilan, ushbu banklar faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berish bilan bir qatorda, ularga nisbatan belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

“Asaka bank” ATB tomonidan o‘z mijoziga nisbatan shartnomaga muvofiq komissiya to‘lovlarini hisoblash tartibi qayta ko‘rib chiqilib, noto‘g‘ri hisoblangan 84 mln. so‘m miqdoridagi mablag‘ning mijozga qaytarilishi ta’minlandi.  

“Markaziy bank bundan buyon ham bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish borasida qonun hujjatlari talablarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan qonuniy ta’sir choralarini qo‘llab boradi”, - deyilgan axborotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан