Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank dollar ayirboshlash kursi dinamikasi qanday omillar ta’sirida shakllanganiga izoh berdi
20.08.2019 11:37,  
28

Markaziy bankning 9 avgustdagi xabarida ichki valyuta bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlar sabablari bayon qilingandi. So‘nggi kunlarda ichki banklararo valyuta bozoridagi savdolarda kurslar o‘zgaruvchanligining o‘sishi kuzatilmoqda. Xususan, 2019 yil 20 avgustdagi birja savdolarida so‘mning AQSh dollariga nisbatan kursi 9384 so‘m/dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank xabarida ta’kidlanishicha, almashuv kursidagi bunday o‘zgarishlar kursni barqarorlashtirish maqsadida banklararo savdo sessiyalarida joriy kurs o‘zgarishlari diapazonining bekor qilinishiga olib keladi. Bunda valyuta bozorida mavjud talab va taklif nisbati hisobga olinadi.

Avval xabar qilinganidek, so‘nggi oylardagi ayirboshlash kursi dinamikasi quyidagi omillar ta’sirida shakllandi.

Birinchidan, jahon iqtisodiyotidagi xatarlarning oshishi va savdo mojarolarining kuchayishi, bu AQSh, Xitoy, yevrohudud va boshqa mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishiga olib keladi. Ularning milliy valyutalari qadrsizlanishi darajasi inflyasiyadan yuqori bo‘lib, bu so‘mning real qiymatda qadrsizlanishiga olib keladi.

Ikkinchidan, yuqoridagi omillar iqtisodiyotdagi investitsiya va kredit faolligining oshishi bilan bir qatorda, eksportning «qimmatlashishi» va importning jozibadorligi oshishi ko‘rinishida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlarda narx raqobatbardoshligining pasayishiga olib keladi.

Natijada, so‘nggi yillarda ichki valyuta bozorida talabning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.

Markaziy bank, shuningdek, global iqtisodiy rivojlanish tendensiyasi fonida almashuv kursining shakllanishiga tashqi omillar ta’sirini kuchaytirish ehtimolini istisno etmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан