Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank: Eksport hajmlari o‘sgan, ammo valyuta yetishmovchiligi bor
16.10.2019 13:18,  
152

Markaziy bank 2019 yil 9 oyi yakuni bo‘yicha dastlabki to‘lov balansini tayyorlab e’lon qildi. Ayni paytda keltirilgan ayrim ko‘rsatkichlar yakuniy ma’lumotlar bilan farq qilishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Izoh: to‘lov balansi mamlakat tomonidan chet elda muayyan muddatda amalga oshirgan to‘lovlari hamda huddi shu davrda chet eldan kelgan tushumlar miqdorining nisbatidir.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2019 yil 9 oyi yakuni bo‘yicha to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 1,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan 2018 yilning huddi shu davri bilan solishtirganda 50%ga qisqargani (3,1 mlrd AQSh doll) aniqlanadi. Ya’ni mamlakatga xorijiy valyutaning jami sof kirimi salbiy ko‘rsatkichga ega.

Jahon bozorlarida O‘zbekistonning birja tovarlari uchun maqbul narxlar kon’yunkturasi shakllanganligi tovarlar eksporti hajmini 11,1 mlrd AQSh dollargacha o‘sishiga zamin yaratdi.

Tovarlar importi 15,6 mlrd AQSh dollarga yetdi. Importning eng salmoqli o‘sishi (mos ravishda 21% va 26%) mashina va uskunalar hamda transport vositalari (jami import hajmidan 32%) importiga to‘g‘ri kelib, jami importning 13% ni tashkil qildi. Natijada, savdo balansining salbiy saldosi 2018 yilning 9 oyiga nisbatan 17% ga yaxshilanib, 4,5 mlrd AQSh dollarni tashkil etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан