Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank eski namunadagi banknot va tangalarni muomaladan qaytarib oladi
8.08.2019 17:27,  
34

“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 25 so‘mlik va undan kichik nominal qiymatdagi tangalar va banknotlarini muomaladan qaytarib olish tartibi to‘g‘risidagi nizom" loyihasi tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasida muomalaga chiqarilgan 1994 yil namunasidagi 1 tiyin, 3 tiyin, 5 tiyin, 10 tiyin, 20 tiyin, 50 tiyin, 1997 yil namunasidagi 1 so‘m, 5 so‘m, 10 so‘m, 1999 yil namunasidagi 5 so‘m, 25 so‘m, 2000 yil namunasidagi 1 so‘m, 10 so‘m, 2001 yil namunasidagi 5 so‘m, 10 so‘mlik tangalar, shuningdek 1994 yil namunasidagi 1 so‘m, 3 so‘m, 5 so‘m, 10 so‘m, 25 so‘mlik banknotlar:

- 2006 yildan buyon zarb qilinmayotganligi va bosib chiqarilmayotganligini;

- bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va aholi o‘rtasida, jumladan chakana savdo va aholiga pullik xizmat ko‘rsatish sohasida, naqd puldagi hisob-kitoblar va to‘lovlarda ulardan umuman foydalanilmayotganligini;

- tovar va xizmatlarning amaldagi narxlari darajasini hisobga olgan holda hamda muomaladagi naqd pullarning nominal qatorini ixchamlashtirish maqsadida mazkur nizom ishlab chiqilgan.

Mazkur eski namunadagi tangalar va banknotlar 2019 yil 1 dekabrdan boshlab qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotadi.

Muomaladan qaytarib olinadigan eski namunadagi tangalar va banknotlarning ayirboshlash muddati 2021 yil 1 yanvargacha belgilanadi.

Markaziy bankining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh boshqarmalari  Hisob-kitob kassa markazlari, tijorat banklari va ularning filiallari mijozlari va aholi tomonidan topshirilgan eski namunadagi tangalar va banknotlar belgilangan muddatga (2019 yil 1 dekabrga) qadar:

- mijozlarning tegishli hisobvaraqlariga, fuqarolarning arizasiga asosan omonatga kirim qilinishi;

- kommunal va boshqa bir martalik to‘lovlar uchun qabul qilinishi;

- bank plastik kartochka hisobvaraqlariga o‘tkazib berilishi;

- muomaladagi tanga va banknotlarga ayirboshlab berilishi mumkin.

2019 yil 1 dekabrdan boshlab (2019 yil 1 dekabrdan – 2021 yil 1 yanvarga qadar) qonuniy to‘lov vositasi sifatida o‘z kuchini yo‘qotgan eski namunadagi tangalar va banknotlar faqat MBBB Hisob-kitob kassa markazlari tomonidan almashtirib beriladi.   

Tijorat banklari filiallarida eski namunadagi tangalar va banknotlarni sanab-saralash, qimmatliklarni tashish ishlari Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishga doir yo‘riqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Loyiha 23 avgustgacha muhokama qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан