Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






O‘zbekistonda ayrim banklar axborotlarni oshkor qilishga doir talablarga amal qilmagan
13.01.2020 16:18,  
293

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari faoliyati to‘g‘risidagi qaysi ma’lumotlar ochiq malumotlar sirasiga kirib, barcha banklarning rasmiy veb-sahifasida joylashtirilishi lozim ekanligini ma’lum qildi.

Markaziy bank axborotida aytilishicha,

  • bank xizmatlarini taqdim etishning umumiy shartlari;
  • komissiya to‘lovlari;
  • tariflar va bank xizmatlari uchun foiz stavkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar bo‘lib, bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Yangi tahrirdagi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 66 moddasiga muvofiq, bank xizmatlaridan foydalanuvchilar bank va bank xizmatlarini tanlashda erkindir. Banklar esa bank xizmatlari to‘g‘risida shartnoma tuzishdan oldin iste’molchilarga bank xizmatlaridan foydalanish shartlari bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashlari shart.

Markaziy bank matbuot xizmatiga ko‘ra, ayrim banklar axborotlarni oshkor qilishga doir talablarga lozim darajada amal qilmagan. Masalan, ayrim banklarning veb-saytlarida:

- dolzarb ma’lumotlar joylashtirilmagan;

- xizmatlar haqidagi ma’lumotlar yangilanmagan yoki taqdim etilayotgan xizmatlarning shartlari to‘liq keltirilmagan;

- potensial qarz oluvchilar uchun kreditning to‘liq qiymatini mustaqil ravishda hisoblash imkoniyati yaratilmagan;

- qarz oluvchilar uchun shaxsiy kabinet ochish imkoniyati mavjud emas;

- murojaatlarni yuborish uchun imkoniyatlar yaratilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан