Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank ichki bozorda 3,7 mlrd. dollarlik xorijiy valyuta sotdi
10.10.2020 12:48,  
57

Markaziy bank joriy yilning 9 oyidagi ichki valyuta bozoridagi holat 2020 yil yil yakuniga qadar kutilayotgan tendensiyalar haqida ma’lumot berdi.

Xabar qilinishicha, so‘nggi ikki oy davomida karantin bilan bog‘liq cheklovlarning yumshatilishi hamda iqtisodiy faollikning asta-sekinlik bilan tiklanib borishi ta’sirida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning nisbatan yuqori darajada bo‘lishi kuzatildi. Bu asosan karantin sharoitlarida qondirilmagan talabning ma’lum bir kechikish orqali yuzaga chiqishi bilan izohlanadi.

2020 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida ichki valyuta bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan jami 10,7 mlrd. dollarlik xorijiy valyuta sotib olindi.

"Mazkur davrda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutadagi umumiy taklif hajmi 7,0 mlrd. dollarni tashkil etib, qolgan 3,7 mlrd. dollarlik talab esa Markaziy bankning intervensiyalari hisobiga to‘liq qondirildi", - deyiladi xabarda.

Manba: Markaziy bank

Ta’kidlanishicha, hisobot davrida ichki valyuta bozoridagi Markaziy bankning intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining neytralligi tamoyiliga asoslangan holda, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan oltin miqdori doirasida amalga oshirildi.

Yil oxiriga qadar Markaziy bank xorijiy valyutaga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishi kuzatilgan holatlarda, zaruriyatga qarab, yil boshidan oltin xaridi va amalga oshirilgan intervensiya operatsiyalari o‘rtasidagi tafovutdan hosil bo‘lgan 300 mln. dollar miqdoridagi valyuta zaxirasi ham valyuta intervensiyasi yo‘naltirilishi mumkin.

Mazkur davrda jismoniy shaxslar tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali sotilgan chet el valyutasi miqdori 3,2 mlrd. dollarni tashkil etib, ayni paytda ular tomonidan 2,9 mlrd. dollar sotib olindi.

Manba: Markaziy bank

 

Hozirgi kunda jismoniy shaxslar bilan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari  kassalarida naqd xorijiy valyuta qoldig‘i 480-550 mln. dollar miqdorida bo‘lishi ta’minlanmoqda.

2020 yilning 9 oyi davomida xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikaga kelib tushgan valyuta mablag‘lari hajmi 4,3 mlrd. dollarni tashkil etdi. Sentyabr oyida pul o‘tkazmalari miqdori 638 mln. dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshdi. Bu o‘z navbatida, xalqaro pul o‘tkazmalari hajmining muvozanatlashib borayotganligidan dalolat beradi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан