Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank inflyasiyani targetlashning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqdi
25.11.2019 17:48,  
306

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inflyasion targetlash rejimiga bosqichma – bochqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Markaziy bank Inflyasion targetlashga o‘tish orqali pul-kredit siyosatini amalga oshirishning 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi.

Unga muvofiq, Markaziy bank

operatsion mexanizmni rivojlantirish sohasida :

  • asosiy foiz stavkasi va foiz koridori, pul-kredit siyosati operatsion mexanizmining samarali ishlashini ta’minlovchi bozor instrumentlari to‘plami, shu jumladan, kredit va depozit auksionlari, overnayt depozit va kreditlar joriy etiladi hamda zarur hollarda Markaziy bank obligatsiyalari muomalaga chiqariladi;
  • ichki valyuta bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishida market-meyker sifatidagi rolini bosqichma-bosqich oshirib borish, valyuta intervensiyalarini o‘tkazishga bo‘lgan yondashuvni takomillashtirish, shuningdek, hosilaviy instrumentlarni (svop, opsion va fyucherslar) joriy etish masalalari inobatga olingan;
  • imtiyozli kreditlash amaliyotini bozor tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqish orqali kredit bozoridagi segmentatsiya darajasi pasaytirib boriladi;

tahliliy-prognozlash salohiyatini oshirish sohasida:

  • makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimi (FPAS) va zamonaviy modellashtirish instrumentlari joriy etiladi;
  • aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyasion kutilmalari va inflyasiya omillarini empirik modellar asosida doimiy o‘rganib borish uslublarini ishlab chiqadi.

Eslatib o‘tamiz yuqorida tilga olingan Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inflyasiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyasion maqsadni (target) o‘rnatish yo‘li bilan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab pul-kredit siyosati mexanizmlarini bosqichma-bosqich inflyasion targetlash rejimiga o‘tkazadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан