Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank kelgusi uch yil uchun o‘z prognozlarini ma’lum qildi
25.11.2019 18:04,  
749

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Infyasion targetlash rejimiga bosqichma – boshqich o‘tish orqali pul-kredit siyosatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Markaziy bank Inflyasion targetlashga o‘tish orqali pul-kredit siyosatini amalga oshirishning 2020 yil va 2021-2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi.

Shu munosabat bilan, mazkur hujjatni ishlab chiqishda, Markaziy bank tomonidan asosiy e’tibor tarkibiy islohotlarning yangi bosqichiga o‘tish davrida inflyasion targetlash rejimini faol tadbiq etish orqali pul-kredit siyosati sharoitlarini belgilashga qaratildi. Bunda:

2023 yildan inflyasiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichi (targeti);

2021 yilda inflyasiyani 10 foizgacha pasaytirish maqsadi belgilandi.

Markaziy bank prognozlariga ko‘ra, 2020 yilda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining real o‘sishi 5,2-5,5 foizni, 2021-2022 yillarda 5,5-5,8 foizgacha tezlashadi.

Soliq-byudjet sohasida umumiy fiskal balans taqchilligining ma’lum miqdorda qisqarishi hamda davlat tashqi qarzining belgilangan parametrlar doirasida shakllanishi kutilmoqda. Umumiy fiskal balansning 2020 yilda YaIMga nisbatan 2,7 foizdan oshmasligi, 2022 yilga qadar bosqichma-bosqich 1,5 foizgacha pasayib borishi va kelgusi yillarda ushbu darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.

Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra kelgusi yillarda to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobvarag‘i manfiy saldosi YaIMga nisbatan 2020 yildagi 7 foizdan 2022 yilda 5,9 foizgacha pasayib boradi. Ushbu taqchillikning asosan tashqi moliyaviy manbalar, xususan, investitsion resurslar hisobidan qoplanib borishi natijasida valyuta almashuv kursiga sezilarli devalvatsion bosimni yuzaga keltirmasligi kutilmoqda.

Asosiy ssenariy bo‘yicha yillik inflyasiya darajasi 2020 yil oxirida 12-13,5 foiz oralig‘ida bo‘lib, 2021 yilda bir xonali son darajasiga tushadi va 2023 yilda esa asosiy 5 foizlik targetga erishiladi.

Ushbu ssenariyga ko‘ra, tashqi iqtisodiy sharoitlarning joriy tendensiyalari saqlanib qolib, asosiy savdo hamkor davlatlar iqtisodiyotida keskin o‘zgarishlar yuzaga kelmaydi hamda asosiy eksport tovarlari narxlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalar o‘sishining ijobiy dinamikasi saqlanib qoladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан