Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank moliyaviy savodxonlik bo‘yicha axborot-ta’lim veb-saytini ishga tushirdi
7.08.2020 11:45,  
116

Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Markaziy bank tomonidan Finlit.uz axborot-ta’lim resursi ishga tushirildi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur loyiha doirasida moliyaviy xizmatlarni tanlash va ulardan foydalanish, shuningdek, oqilona va mas’uliyat bilan moliyaviy qarorlar qabul qilish hamda moliya bozoridagi imkoniyatlarni to‘g‘ri baholashga yordam beruvchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish vazifalari belgilangan.

Axborot-ta’lim veb-sayti foydalanishga oson va qulay bo‘lgan quyidagi bo‘limlardan iboratdir:

Maqolalar –  moliya bozorining turli sohalari va mahsulotlarini qamrab oluvchi dolzarb axborot materiallari (omonatlar, kreditlar, byudjetni rejalashtirish, to‘lovlar va o‘tkazmalar, moliya bozori, pul-kredit siyosati, valyutani tartibga solish va moliyaviy xizmatlar iste’molchilari huquqlarini himoya qilish);

O‘quv materiallari – iqtisod, bank va moliya sohasiga oid atamalarni o‘z ichiga oluvchi lug‘at, moliyaviy savodxonlik bo‘yicha kitoblar hamda ta’lim videomateriallari;

Interaktiv xizmatlar – depozit va kredit kalkulyatorlari, ko‘p beriladigan savollar, so‘rovlar va boshqalar;

Loyihalar – aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan tadbirlar anonsi va relizlari.

Materiallarda berilgan ma’lumotlar tavsiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ular moliyaviy savodxon shaxsning xulq-atvori va ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Sayt tarkibi dastlabki bosqichda bo‘lib,  kelgusida doimiy ravishda yangilanib va takomillashtirib boriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан