Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank narxlar o‘sishi sekinlashuvi sababi tushuntirdi
5.03.2020 18:13,  
255

2020 yilning fevral oyida iste’mol sektorida narxlar o‘sishi ikki barobar sekinlashganini xabar qilgan edik.

Bugun, 5 mart kuni Markaziy bank o‘tkazgan Boshqaruv yig‘ilishida inflyasiya darajasi pasayishiga ta’sir qilgan omillarni ma’lum qildi.

Inflyasiya darajasining pasayishiga quyidagilar ta’sirining  qisqarishi sabab bo‘ldi:

  • iqtisodiyotni kreditlash hajmi o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi;
  • va byudjet xarajatlarining o‘sish sur’atlarining sekinlashuvi;
  • 2019 yil yanvar oyida QQSga tortiladigan bazaning kengayishi;
  • avgust oyida milliy valyuta kursining devalvatsiyasi;
  • avgust oyida energiya resurslari narxining oshishi;
  • oktyabr oyida un va non narxining erkinlashtirilishi.

Yanvar-fevral oylarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘sishi 2,4 %ni tashkil qildi (2019 yilning shu davrida 4,9 % edi).

Meva va sabzavotlar narxining keskin ortib ketmaganligi saqlash infratuzilmasining kengayishi va issiqxonalar tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘liq. Xususan, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida mevalar 15,6 foizga, sabzavotlar 13,8 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda narxlar o‘sishi qariyb ikki barobarga pasayib, mos ravishda 7,7 foiz va 6,3 foizni tashkil qildi.

Mazkur davrda go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxlarining o‘sishi 2019 yilning yanvar-fevral oylaridagi kabi (2,3 foiz) bo‘lib, inflyasiyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан