Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank o‘z mobil ilovasini taqdim etdi
16.06.2020 15:34,  
144

Markaziy bank Android foydalanuvchilari uchun mobil ilovani ishga tushirdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi. 

"Ushbu mobil ilova rasmiy veb-sayt foydalanuvchilariga qo‘shimcha qulaylik yaratib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining barcha axborot va interaktiv xizmatlarini qulay formatda ko‘rsatadi", - deyiladi xabarda.

Mobil ilova orqali asosiy pul ko‘rsatkichlari haqidagi yangiliklar va ma’lumotlardan tashqari, kursni sana bo‘yicha saralash funksiyasi orqali osongina topish, shuningdek, eng ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar bilan tanishib borish va boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Ilovada O‘zbekistonning geografik xaritasida joylashuvi ko‘rsatilgan bank infratuzilmasi ob’yektlarining interaktiv xaritasi mavjud. Unda yuborilgan manzil (lokatsiya) bo‘yicha eng yaqin joylashgan kredit tashkilotlari va ularning filiallarini, valyuta ayirboshlash shoxobchalari, bankomatlar, shu jumladan, kunu-tun rejimida ishlaydigan ko‘p funksiyali o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish punktlarini topish va foydalanuvchi joylashgan joydan tanlangan ob’yektgacha bo‘lgan masofani aniqlash funksiyasi mavjud. Shuningdek, xaritada manzil, ish vaqti, telefon raqamlar va fotosuratlar keltirilgan.

Ilova orqali Markaziy bankka ariza bilan murojaat yo‘llashingiz, banklarda uchrayotgan muammolarni hal etish uchun o‘z shikoyatingizni qoldirishingiz mumkin. Ushbu bo‘limning o‘zida yuborilgan murojaatlar qay holatda ekanligini kuzatish imkoniyati mavjud.

Mobil ilovada bank tizimining huquqiy asoslari bazasi joylashtirilgan. Bazadan kengaytirilgan filtr orqali kerakli hujjatlarni tez va oson topish, ma’lumotlarni yuklab olish yoki onlayn o‘qish mumkin.

Push-xabar xizmati sizga yangi valyuta kurslari to‘g‘risida xabar beradi. U to‘rt xil: o‘zbek (kirill va lotin grafigida), rus va ingliz tillarida taqdim etilgan.

Mobil ilovani bu yerdan yuklab olish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан