Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini yillik 16 foiz darajasida saqlab qoldi
20.04.2019 17:46,  
10

Markaziy bank Boshqaruvining 2019 yil 20 apreldagi yig‘ilishida qayta moliyalash stavkasiyillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Ushbu qaror pul-kredit siyosatining inflyasiyani jilovlash va inflyasion kutilmalarning pasayuvchi trendini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan joriy sharoitlarini saqlab qolish zaruriyatiga asoslandi.

Inflyasiya va inflyasion kutilmalar. 2019 yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, yillik inflyasiya darajasi Markaziy bankning asosiy prognoz koridorining (13,5-15,5 foiz) quyi chegarasida shakllanib, 13,6 foizni tashkil etdi. Bunda, yillik inflyasiya dinamikasi 2018 yilning I choragidan farqli ravishda biroz o‘suvchi tendensiyani namoyish etdi.

Umuman olganda, 2019 yilning I choragida inflyasiya darajasi ayrim oziq-ovqat mahsulotlari taklifi qisqarishi kabi mavsumiy omillar? shuningdek, tartibga solinadigan narxlarning 2018 yil noyabrdagi oshirilishi, kreditlashning yuqori sur’atlari saqlanib qolishi, QQS bazasining kengaytirilishi hamda milliy valyutaning nisbatan qadrsizlanishi ta’siri natijasida shakllanib, kutilgan darajadan pastroq bo‘ldi.

Ushbu davrda 2019 yil uchun bazaviy prognozda keltirilgan xatarlarni  ro‘yobga chiqish ehtimollari pasayib, ayrim xatarlarning ta’sir darajasi kamaygan bo‘lsa-da, biroq ularning ta’sir muddatlari uzaydi.

Xususan, tadbirkorlik faoliyatini soliqqa tortish mexanizmining o‘zgarishi hamda 2018 yil noyabr oyida energiya resurslari tariflari oshishi ichki narxlarda to‘liq o‘z aksini topmadi va ushbu jarayon katta ehtimol bilan ma’lum bir vaqt davom etadi.

O‘tgan yillardagi kabi inflyasiyani oshiruvchi asosiy omil oziq-ovqat narxlarining o‘sishi bo‘lib, uning choraklik inflyasiyaga qo‘shgan hissasi 2,8 foiz bandni tashkil etdi. Shu bilan birga, inflyasiyaga nooziq-ovqat tovarlari narxlarining ta’siri hissasi 1 foiz bandgacha pasaydi, xizmatlar hissasi esa 0,5 foiz bandni tashkil etdi.

2019 yilning I choragida inflyasiya darajasining prognoz ko‘rsatkichlari doirasida bo‘lishi, ichki bozorda tovar va xizmatlar taklifining o‘sishi, shuningdek, milliy valyuta almashuv kursining nisbatan barqarorligi   qisqa va o‘rta muddatli inflyasion kutilmalarning pasayishiga xizmat qildi.

Xususan, aholi va biznes sub’yektlarining inflyasion kutilmalari, yanvar oyidagi o‘sishdan keyin kamayib boruvchi trendni namoyish etdi. Shu bilan birga, o‘rta muddatli inflyasion kutilmalar indeksi ko‘rsatkichlari qisqa muddatli inflyasion kutilmalarnikiga nisbatan yuqori bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, respondentlar orasida o‘rta muddatli istiqbolda narxlarning o‘sishiga oid xavotirlari saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda.

Iqtisodiy faollikning ichki va tashqi sharoitlari. 2019 yilning I choragidagi makroiqtisodiy holat Markaziy bankning bazaviy prognozlariga muvofiq tarzda shakllandi. Iqtisodiyotda yuqori ishlab chiqarish va investitsion faollik saqlanib qoldi.

Bunday holat, o‘z navbatida kreditlashning yuqori darajada saqlanib qolayotganligi hamda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari daromadlarining oshib borayotganligi bilan birgalikda ichki bozorda ma’lum bir inflyasion bosimni vujudga keltirdi. Ayni paytda, 2016-2018 yillarda iqtisodiyotda investitsiyalar hajmlarining jadal sur’atlarda ortishi hisobiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmlarining kengayishi narxlar shakllanishiga pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatdi.

Oxirgi ikki yil davomida tuzilmaviy islohotlarning iqtisodiy o‘sishga, jumladan ishlab chiqarish unumdorligi oshishiga qo‘shgan hissasining ortishi kuzatildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu omil soliq islohotlari sharoitida narxlar barqarorligi ta’minlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Ushbu davrda, iqtisodiyotda jamg‘arish kayfiyati saqlanib qoldi va aholi hamda yuridik shaxslarning muddatli depozitlari yuqori sur’atlarda o‘sdi. 2019 yilning I choragida,  jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari 19,2 foizga, yuridik shaxslarniki esa 13,2 foizga oshdi.

Pul-kredit sharoitlari. Markaziy bank tomonidan mo‘’tadil qat’iy pul-kredit siyosati yuritilishi va prudensial nazorat choralarining samarali qo‘llanilishi milliy valyutada kreditlashning keskin o‘sishini oldini olishga yordam berdi va shu orqali inflyasiyaning monetar omillari ta’sirini kamaytirdi.

2019 yil I choragida iqtisodiyotga ajratilgan kreditlar qoldig‘i 9 foizga o‘sdi (o‘tgan yilning mos davrida 9,3 foizga o‘sgan). Bunda, milliy valyutada kredit qo‘yilmalari o‘sish sur’ati 2018 yilning I choragidagi ko‘rsatkich (16,7 foiz)ga nisbatan qariyb 2 martagacha, ya’ni 8,6 foizgacha sekinlashdi.

Tijorat banklari tomonidan xalqaro moliya institutlari kredit liniyalarini jalb qilish amaliyotining faollashuvi, shuningdek, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan texnik va investitsion rivojlanish jarayonlari davom etishi natijasida xorijiy valyutadagi kreditlar qoldig‘ining 8,7 foizga oshishi kuzatildi (o‘tgan yilning mos davrida ushbu ko‘rsatkich 4,5 foizni tashkil etgan). Bunda, umumiy kredit portfelidagi xorijiy valyutadagi kreditlar ulushi 54,5 foizni tashkil etdi.

Iqtisodiyotda xorijiy valyutadagi qarz yukining o‘sishi, o‘z navbatida, kelgusida tashqi shoklarning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sirini bartaraf etish maqsadida makroprudensial siyosat choralarini qo‘llash zaruratini tug‘dirmoqda.

Bundan tashqari, texnologiya va uskunalar importining joriy hajmlari o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish hamda eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilishi muhim hisoblanadi.

Markaziy bankning ichki valyuta bozoriga intervensiyalarining belgilangan miqdorlar doirasida bo‘lishi, davlat qimmatli qog‘ozlarining ichki bozorga muvaffaqiyatli joylashtirilishi, shuningdek, Markaziy bankning depozit auksionlari o‘tkazilishi bank tizimidagi ortiqcha likvidlikni sterilizatsiya qilish imkonini berib, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘ldi.

Ushbu davrda, banklararo pul bozorining foiz stavkalari nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,6-14,7 foizni tashkil etdi.

Prognoz va asosiy xatarlar. Markaziy bank 2019 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozini 13,5-15,5 foizlik darajada saqlab qoladi.

2019 yilning II va III choraklarida o‘rtacha oylik inflyasiya darajasi o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlar doirasida bo‘lib, yillik inflyasiya darajasining sezilarli darajada pasayishi kutilmayapti.

Shu bilan birga, o‘tgan yilning IV choragidagi inflyasiyaning yuqori bazasi va joriy iqtisodiy holatlardan kelib chiqib 2019 yilning IV choragida yillik inflyasiya darajasining pasayishi kutilmoqda. Yil yakunida inflyasiya darajasi quyidagi xatarlarning amalga oshish ehtimolligidan kelib chiqib prognoz koridorining qo‘yi chegarasida bo‘ladi:

- joriy yilda ma’muriy tartibga solinadigan narxlarni erkinlashtirish siyosatining davom ettirilishi kutilayotganligi bilan birga, 2018 yilning noyabr oyidagi narxlar oshirilishining ikkilamchi ta’siri;

- tadbirkorlik uchun bazaviy iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi (masalan, alohida ishlab chiqaruvchilar guruhlarining energiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar);

- xizmatlar, jumladan, kommunal xizmatlar tariflarining indeksatsiyasi;

- investitsion talabning, jumladan, qurilish mollariga bo‘lgan talabning oshishi.

Inflyasiya darajasining pasayishi bo‘yicha qat’iy ishonch shakllangan sharoitda Markaziy bank 2019 yilning birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha inflyasiya prognozini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан