Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank valyuta savdosidan banklarning chetlatilishi sababini ma’lum qildi
2.04.2019 00:38,  
9

Mart oyi oxirida O‘zbekistonning 9 ta tijorat banki texnik qoidalarni buzgani sabab respublika valyuta birjasidagi savdodan vaqtincha chetlatildi. Bu haqda Markaziy bank rahbarining birinchi o‘rinbosari Timur Ishmetov Xalqaro moliya-bank forumi davomida aytib o‘tdi, deb yozadi «Gazeta.uz».

vishda kech qoladi, arizalarni vaqtida topshirmaydi. Ular savdo jarayoniga bog‘liq elementar texnik qoidalarni buzadi. Bank arizani vaqtida taqdim etishi, savdoga vaqtida kelishi kerak. Ular esa kechikdi!» — deydi Timur Ishmetov.

20 martda Markaziy bank bir nechta banklarni valyuta ayirboshlash operatsiyalari ishtirokidan «valyuta birjasi bilan bog‘liq muntazam qoidabuzarliklari» tufayli chetlatilganini e’lon qilgan.

Jumladan, Hamkorbank, «Savdogar» bank (xorijiy kapitalga ega banklar), «Turkiston», Hi-Tech Bank, «Trastbank» (xususiy banklar), «Universal bank», Invest Finance Bank, «Ipak yo‘li» bank (aksionerlik-tijorat banklari) va Asia Alliance Bank (davlat banki) valyuta savdosidan chetlatilgan. Natijada birjada yana barcha banklar qatnashish huquqiga ega bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан