Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank xodimlari uchun qator ta’qiqilar kiritilmoqda
13.10.2019 14:07,  
2855

Kecha yakuniga yetgan Senatning 23-chi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. Bu haqida Kun.uz xabar qilmoqda.

Yangi qonunda Markaziy bank xodimlari uchun bir qator cheklov choralari kiritilgan. Ularga ko‘ra, Markaziy bank xodimlari uchun quyidagilar cheklangan:

  • haq to‘lanadigan biror-bir boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish, bundan ilmiy va pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish mustasno;
  • banklar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kuzatuv kengashlari tarkibiga kirish;
  • o‘z xizmat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan bank sirini tashkil etuvchi axborotni yoxud qonun hujjatlariga muvofiq foydalanilishi cheklangan boshqa axborotni uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab oshkor etish yoki undan foydalanish.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, yuqoridagi cheklovlar manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan va ular Belarus tajribasidan kelib chiqqan holda kiritilgan.

Ikkinchidan, bundan buyon Markaziy bank xodimlari tadbirkorlik sub’yektlari, kredit tashkilotlari, to‘lov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari va kredit byurolari va boshqa bir qator tashkilotlar va shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga jalb etilmaydi.

Undan tashqari, Markaziy bank boshqaruvi tarkibi 11 kishidan 9 kishiga kamaytiriladi va ulardan 2 nafari mustaqil a’zo bo‘ladi. Ya’ni MB boshqaruvi tarkibiga MB raisi, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, shuningdek boshqaruvning ikki nafar mustaqil a’zosi kiradi.

Mustaqil a’zolar MB raisining taqdimnomasiga ko‘ra Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Senatda ma’qullangan qonun prezident imzolab, rasman e’lon qilinganidan so‘ng kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан