Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bank yil oxiriga borib dollar kursi taxminan qancha bo‘lishini ma’lum qildi
17.10.2019 18:51,  
4069

Markaziy bank o‘zbekistonliklarning fikricha dollar narxi yil oxiriga borib qancha bo‘lishi haqidagi so‘rov ma’lumotlarini taqdim etdi.

Markaziy bankning “2019 yil III chorakdagi aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyasion kutilmalari” hisobotiga ko‘ra, aholi O‘zbekistonda dollar narxi joriy yil oxiriga borib 9837-9895 so‘mgacha bo‘lishini kutmoqda.

«So‘rov ishtirokchilarining valyuta kursi bo‘yicha kutilmalari kelgusi davrlarda milliy valyutaning tebranuvchanlik darajasiga nisbatan noaniqlik ta’siri ostida shakllandi», - deyiladi hisobotda.

Shunday qilib, aholining 2019 yil yakuniga ayirboshlash kursi bo‘yicha kutilmalari sentyabrda o‘rtacha 1 AQSh doll. 9 837 so‘mga, tadbirkorlar kutilmalari esa o‘rtacha 1 AQSh doll. 9 895 so‘mga teng bo‘ldi.

MB so‘rovida butun respublika bo‘ylab 900 nafar jismoniy shaxs hamda 375 nafar yuridik shaxs ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан