Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy bankning asosiy stavkasi o‘zgarishsiz qoldirildi
16.01.2020 16:49,  
183

Markaziy bank Boshqaruvining 2020 yil 16 yanvardagi qarori bilan Markaziy bankning asosiy stavkasi yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi.

Ta’kidlanishicha, Mazkur qaror inflyasiyaning pasayayotgan prognoz trendiga to‘liqroq ishonch hosil qilish uchun ma’lum muddat zarurligi hamda tartibga solinadigan narxlarning oshirilishi bo‘yicha ayrim noaniqliklarning mavjudligi bilan izohlanadi.

Inflyasiya dinamikasi va prognozi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha inflyasiya prognoz koridorining (13,5-15,5%) yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllandi va 15,2 foizni tashkil etdi.

 Inflyasiya sur’ati asosan yilning ikkinchi yarmida tartibga solinadigan narxlarning erkinlashtirilishi (21,6 foizga o‘sishi), shuningdek, 2019 yil avgust oyidagi milliy valyuta devalvatsiyasi natijasida tezlashdi.

2019 yil davomida narxlarni yuqori o‘sishi un va non mahsulotlari (24,8 foiz), go‘sht mahsulotlari (23,4 foiz), meva va sabzavotlar

(14,5 foiz) hamda yo‘lovchi transporti (13 foiz) sohalarida kuzatildi.

2019 yilning oktyabr-dekabr oylarida choraklik inflyasiya darajasi 2018 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,7 foizdan 5 foizgacha sekinlashdi.

Markaziy bank 2020 yil uchun inflyasiyaning bazaviy prognozini belgilangan 12-13,5 foiz darajasida saqlab qolmoqda. Joriy yil yakuniga qadar inflyasiya darajasi pasayishi quyidagi prognoz baholariga asoslangan:

2019 yilda yuzaga kelgan ba’zi inflyasion omillar ta’sirining tugab borayotganligi hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarining aksariyati bo‘yicha narxlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi, shuningdek, asosiy savdo hamkor davlatlardagi narxlar darajasiga moslashib bo‘lganligi;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik va qurilish sanoatida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sishi prognoz qilinmoqda va bu ichki iste’mol bozorida taklif hajmining ortishiga xizmat qiladi. Bunda raqobat muhitini bosqichma-bosqich yaxshilab borish muhim omil hisoblanadi;

pul-kredit va makroprudensial siyosatning zarur dastaklaridan foydalanish hamda davlat xarajatlari va umumiy byudjet taqchilligini optimallashtirish orqali kreditlarning maqbul darajada o‘sishi ta’minlanadi va shu orqali inflyasiya va ayirboshlash kursiga bo‘lgan bosimni pasaytiradi.

2018-2019 yillarda o‘rtacha ish haqi darajasining sezilarli darajada to‘g‘rilanganligi hisobiga 2020 yilda aholi nominal daromadlarining mo‘’tadil darajada o‘sishining kutilishi talab omillari ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан