Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy Osiyo davlatlarida COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat qanday?
3.01.2021 15:25,  
613

"O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari keskin kamaygani kuzatilmoqda" - deya yozmoqda Sputnik.uz 
2 yanvar kuni O‘zbekistonda 49 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 77 231 yetgan. Shulardan 75 358 (98 foiz) nafari tuzalib ketgan. Jami 614 kishi virus qurboniga aylagan.

Qirg‘izistonda o‘tgan kun davomida 91 kishi COVID-19 yuqtirib olgani aniqlandi. Pandemiya boshlangandan buyon 81 305 kishi kasallangan, shulardan 76 563 nafari sog‘ayib ketgan. Mamlakatda koronavirus qurbonlari soni 1359 nafarni tashkil etmoqda.
Tojikistonda ham koronavirus bilan kasallanish kamaymoqda. Mamlakat SSV 31 dekabr va 1 yanvar kunlari hech kimda koronavirus aniqlamaganini xabar qildi. 2 yanvar kuni esa faqat 4 kishida infeksiya aniqlangan. Hozir mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 13 300 nafarni tashkil etmoqda. Shulardan 12 939 nafari (97,2 foiz) tuzalib ketgan. 90 bemorni virus bevaqt hayotdan olib ketgan.
O‘tgan kun davomida Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallangan 714 kishi qayd etilgan. Mamlakatda jami 156 934 kishi koronavirus yuqtirib olgan, shulardan 143 958 nafari sog‘ayib ketishga muvaffaq bo‘lgan. 2262 kishi koronavirus oqibatlari tufayli vafot etgan.
Turkmanistonda koronavirus rasman qayd etilmagan

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан