Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy Osiyo Ittifoqini tuzish haqida gapirishga hali erta — Sodiq Safoyev
4.03.2021 20:40,  
480

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev «Nima uchun mintaqa davlatlari MO Ittifoqini yaratish masalasini ko‘rib chiqmaydi», degan savolga javob berdi.

«Integratsiyaning asosiy tarkibiy qismi bu davlat va iqtisodiy tuzilishning umumiy tamoyillari, qadriyatlar va uyg‘un mexanizmlari hisoblanadi. MO davlatlarida bu mavjud emas. Shunga qaramasdan, juda katta qiziqish bor, biroq bu masalani ko‘tarishga hali vaqtli», — dedi u.

«O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi eng asosiy yutuqlaridan biri — so‘nggi 4 yil ichida mintaqa mamlakatlarining ishonchli hamkorligini tiklashga muvaffaq bo‘lgani, deb o‘ylayman. 5−6 yil oldin havoda dushmanlik, shubha va qandaydir agressiya shabodasi esib turar edi. Hozirda biz dialogni tiklashga erishdik», — dedi Safoyev.

Senator delimitatsiya va demarkatsiya jarayonini yakunlamasdan turib, O‘zbekistonda mustaqil davlat shakllanishi yoki tranzit davrning yakunlanishi haqida gapirishga erta  ekanini ham aytdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан