Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarida xavfli kasalliklar kirib kelishining oldini olish bo‘yicha xavfsizlik choralari kuchaytiriladi
22.08.2021 18:28,  
139

Toshkentda Xalqaro migratsiyasi tashkiloti va AQShning Markaziy Osiyoda kasalliklar tarqalishi va profilaktika qilish tashkiloti (CDC) tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarida xavfli kasalliklar kirib kelishining oldini olish bo‘yicha Ishchi guruhining ikkinchi amaliy uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar, Transport vazirliklari, Davlat sanitariya va epidemiologiya markazi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mas’ul xodimlari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizning 6 ta chegara o‘tkazish punktlarida xorijdan kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, xavfsiz va tartibli profillashtirish jarayonlarini baholash yuzasidan 3 ta ishchi guruh va baholashni o‘tkazish kunlari tasdiqlab olindi.

Uchrashuv doirasida loyihaning umumiy qiymati va byudjet me’yoridan kelib chiqib, chegara o‘tkazish punktlarida xavfli va yuqumli kasalliklarni aniqlash, tezkor amaliy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha xaridlar va AQShning Markaziy Osiyoda kasalliklar tarqalishi va profilaktika qilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi yuzasidan «xarid ro‘yxatlari» o‘rganib chiqildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан