Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy Osiyoda “Oltin kvadrat” sayyohlik yo‘nalishi ochiladi
12.02.2020 19:25,  
373

O‘zbekiston va Qozog‘istonning ko‘hna hamda zamonaviy shaharlari bo‘ylab yangi sayyohlik yo‘nalishi ochildi. Bu haqda Qozog‘istonnig Kazinform nashri xabar bermoqda.

Yo‘nalish Qozog‘istonning Nur-Sulton, Olmaota, Turkiston, O‘tror, Taroz, Chimkent; O‘zbekistonning Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarini o‘z ichiga oladi.

Yo‘nalishga Rossiyadagi «Oltin xalqa» loyihasining muqobili sifatida qaralmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayevning aytishicha, Chimkentdan Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib boruvchi temir yo‘l qurish ko‘zda tutilmoqda.

«O‘zbekiston tomonidan ushbu masala yechimini topgan. Tezkor poyezd Chimkent-Toshkent, Toshkent-Samarqand yo‘nalishida yuradi.

Shuningdek, Qizilo‘rda va Navoiy o‘rtasida avtomobil va temir yo‘l qurishni taklif qilyapmiz» - dedi S.Niyozxo‘jayev. «Oltin kvadrat» turlari bu yil sinov tariqasida sotuvga chiqariladi.

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Bosh konsuli Abror Fatxullayevning aytishicha, turistlar oqimiga qulay bo‘lishi uchun Shengen vizasiga analog sifatida – Silk Visa joriy qilinadi. Ushbu vizaga keyinchalik boshqa mamlakatlar ham qo‘shilishi mumkin.

Mavzuga doir: Pokistonning “Evolve Business Insight” jurnali O‘zbekiston haqida maxsus son chop etdi

Mavzuga doir: O‘zbekistonlik turistlar hisobiga Qozog‘iston sayyohlikdan oladigan foydasini 8 barobar oshirmoqchi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан