Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mart oyidan Rossiyada 12 ta milliy telekanal namoyishi yo‘lga qo‘yiladi
3.03.2021 20:20,  
357

TASSning xabar berishicha, mart oyidan Rossiyada o‘zbek tilidagi 12 ta telekanal translyasiyasi yo‘lga qo‘yiladi.

Imzolangan shartnomaga ko‘ra o‘zbek telekanallariga TV-platformasida Rossiya va MDH davlatlarida  o‘zbek tilidagi ko‘rsatuvlarni efirga berishga rasman ruxsat beriladi. SPB TV bosh direktori Kirill Filippovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari doimiy ravishda Rossiyada. Shu jihatdan auditoriya kengligi 2.5 millionga teng.

Tomoshabinlarga O‘zbekistonning 12 ta milliy kanalini ko‘rish imkoniyati taqdim etiladi.  Ular orasida sport, yangiliklar, ommabop, ko‘ngilochar dasturlarga mo‘ljallangan kanallar bo‘ladi. Kontent yuqori sifatda havola etiladi, teleko‘rsatuvlarni xohlagan vosita orqali tomosha qilish mumkin: turli mobil ekranlar, planshetlar, pervonal kompyuter va SmartTV. Zamonaviy imkoniyatlardan foydalanib turli hududda o‘z qiziqishlariga qarab reklama joylashtirish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан