Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kim oladi-yo? Masharipov Osiyo jamoalari orasida talash
29.05.2021 20:46,  
380

O‘zbekiston terma jamoasi va "Al-Nassr" Saudiya yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov bir nechta Osiyoning top klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi - deya xabar bermoqda "Sports.uz" nashri.

"Al-Nassr" Jaloliddinni qishda "Paxtakor"dan xarid qilib, 5 oyga BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasiga ijaraga bergan edi. 

Ma’lum bo‘lishicha, saudiyaliklar ijara muddati yakunlangach, Masharipovni ortga qaytarmoqchi. Shu bilan birga, legionerimiz transferini "Shabab Al-Ahli" ham sotib olishga tayyor. Qolaversa, futbolchiga BAAning yana bir nechta jamoalaridan taklif bor. Jumladan, "Sharja", "Al-Ayn" va "Al-Jazira" klublari yarim himoyachini xarid qilmoqchi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi BAA chempionatida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urgan va 5ta golga hammualliflik qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан