Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mashinalar narxi o‘zgargan taqdirda, qo‘shimcha mablag‘ to‘lashga oid band shartnomada yo‘q. “UzAuto Motors” rasmiy munosabati
30.09.2021 21:21,  
245

Yangilangan Kaptiva avtomobili uchun shartnoma tuzish boshlangandan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda shartnomadagi avtomobil narxi o‘zgarishi mumkinligi to‘g‘risida keltirilgan  bir band  muhokamaga qo‘yildi.

Keltirilishicha, kompaniya, 2019 yildagi kelishuvni buzgan holda, yana shartnomaga yetkazib berilgan avtomobil uchun narxning oshishi mumkinligi to‘g‘risidagi bandni qayta kiritgan. 

Kompaniya axborot xizmati shartnomada bir tomonlama narxlarni oshirish haqida hech qanday band yo‘qligini rasman e’lon qildi. 

Shartnomaning 2.4 bandi  hozirgidek kabi ilgari ham bo‘lgan. Ushbu bandda keltiriladiki, qo‘shimcha to‘lov faqatgina avtomobil komplektatsiyasi o‘zgargandagina amalga oshiriladi. 

2.4.1 va 2.4.3 bandlariga ko‘ra, agar  komplektatsiya e’lon qilingandan farq qilsa, xaridor to‘lovni qaytarish sharti bilan avtomobil xarididan voz kechishi yoki uni almashtirish huquqiga ega. 

Shuningdek kompaniya shartnomaga muvofiq keltirilgan komponentlarga ko‘ra avtomobil narxi oshmasligini eslatib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан