Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Masjid qurilishi uchun yig‘ilgan 32,7 millionni o‘zlashtirgan “saxiy” qo‘lga olindi
3.06.2020 14:57,  
574

Toshkent shahar IIBB xodimlari Olmazor tumanidagi masjid qurilishi uchun xayriya qilingan pullarni o‘zlashtirib yubormoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

"Daryo"ning yozishicha, Olmazor tumanidagi «Islomobod» masjidi imom-xatibi Abdulloh Yo‘ldoshev masjid qurilishi uchun xayriya mablag‘larini yig‘ish maqsadida o‘z nomiga plastik karta ochtirgan va Telegram’dagi guruh orqali uning raqamlarini e’lon qilgan. Oradan ko‘p o‘tmay  Kama niki ostidagi shaxs pul o‘tkazmoqchi ekanligini ma’lum qilgan.

«Kama» imom-xatibga pul o‘tkazmoqchi ekanligini va hozir bir kod borishini, bu kodni o‘ziga aytib yuborishini so‘ragan. Oradan ko‘p o‘tmay, Abdulloh Yo‘ldoshev masjid qurilishi uchun ochilgan plastik kartadan 33 million 757 ming so‘m pullar yechib olingani payqab, bu haqda IIBBga murojaat qilgan.

Kelib tushgan arizaga muvofiq Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv boshqarmasi tomonida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida bu ishni 2000 yili Toshkent viloyatida tug‘ilgan shaxs qilgani aniqlangan. U o‘z jinoiy harakatlarini olib borish va internet tarmog‘idagi jinoyat izlarini yashirish maqsadida AQShga tegishli SIP virtual raqamini ochib, shu raqam orqali Telegram’da Kama niki ostida faoliyat olib borgan.

Gumonlanuvchining aytishicha, u qarta o‘yinlarida qarzdor bo‘lib qolib, shu ishni qilishga majbur bo‘lgan.

Olmazor tumani Tergov bo‘limi tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан