Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Masjidda sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha ma’lumot berildi
27.11.2021 16:44,  
1095

Internet tarmog‘ida «Yunusobodda masjidlardan birida bo‘lgan holat ekan» sarlavhali video tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 26 noyabr kuni Yunusobod tumanida o‘tkazilgan juma namozi davomida imom-xatib bir yigit Islomni qabul qilib, musulmon bo‘lmoqchi ekanligini ma’lum qiladi.

So‘ng yigitga so‘z berilgan. U jamoatga rus tilida murojaat qiladi. Ko‘pchilik uning so‘zlarini to‘g‘ri tushunadi, ammo bir erkak holatga norozilik bildirishni boshlaydi. Masjiddagi ayrim kishilar uni ko‘chaga olib chiqadilar.

«Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs – 41 yoshli A. ismli fuqaro bo‘lib, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasasida hisobda turar ekan. Keyinchalik u tibbiyot muassasasiga davolanish uchun joylashtirildi», deyiladi IIBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан