Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Masjiddagi bolalarga nisbatan buncha kin, nafratni qayerdan olgansizlar?
22.09.2020 18:00,  
2478

«Hastimom» masjidida asrni o‘qiyapmiz, orqada bolalar yugurib, o‘ynab yuribdi. Namozda turib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davrini, o‘sha paytda ham bolalar masjidda namoz paytida o‘ynab yurganini esladim. 

Imom salom berishi bilan bir kishi orqaga o‘tib, haligi olti-yetti yosh chamasidagi bolalarga baqira boshladi. Tanbeh bermadi, baqirdi. «Odamlarning namozini buzyapsanlar. Bor, masjiddan chiqib ketlaring», deb o‘shqirdi. Qarasam, nari borsa 55 yoshdan oshgan odam. Oldiga borib, «Amaki, bolalarni masjiddan bezitib qo‘ymang», desam, orqamdan nimadir deb ming‘irladi.

Anavi bolalarga yetib olib, yupatgandek bo‘lib, «Masjidga chiqaveringlar, lekin to‘polon qilmanglar», deb qo‘ydim.

Yoshim 34 ga kirdi. Yoshligimdan masjidga chiqaman, alhamdulillah. Shuncha yildan beri biron marta masjidda o‘yinqaroqlik qilgan, namoz paytida yugurib, baqir-chaqir qilib yurgan yosh bolalarga nisbatan qalbimda g‘illu-g‘ashlik, nafrat, yoqtirmaslik hissini tuymaganman. Aksincha, ularning ko‘cha-ko‘yda emas, masjidda yurganidan xursand bo‘lganman, haligacha shundayman.

Sizlar, yoshi ellikdan oshgan ba’zi mijg‘ov odamlar, cholsifat «ulug‘lar», bolalarga nisbatan buncha kin, nafratni qayerdan olgansizlar? Bilaman, aksariyatingiz bolalikda masjid ostonasidan hatlamagansiz, yoshlikda masjidga chiqish nimaligini bilmaysiz. Ammo o‘z bolangizga yaxshi gapirishni, erkalatishni bilasiz, ularning ko‘ngilxushligini kechirasiz-ku. Unda nimaga masjidga chiqadigan bolalarning «aybi»dan o‘ta olmaysiz, ichingizdagi zahringizni sochasiz? Hech bo‘lmasa, sunnatga rioya qilsangiz, o‘sha bolalarga masjid odobini o‘rgatsangiz, yoshingizga yarasha ish bo‘lardi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан