Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Masofaviy ishlashga o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
30.03.2020 09:43,  
459

“Karantinga oid choralar amal qilish davrida xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish grafigida yoki uyda ishlashga o‘tkazishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3228, 28.03.2020 y.).

Buyruq bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, karantin davrida ish beruvchi xodimning roziligi bilan uni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazishi mumkin.

Bunda ushbu huquqdan birinchi navbatda homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar va surunkali kasalliklarga chalingan xodimlar foydalanadi.

Xodimning masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga o‘tkazilishi ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Masofaviy ishga o‘tkazish yuzasidan mehnat shartnomasiga kiritiladigan o‘zgartirishda, mehnatning boshqa  shartlari bilan birga quyidagilar ham ko‘rsatiladi:

- elektron hujjat almashinuvi bo‘yicha o‘zaro aloqa tartibi;

- xodimga ish uchun zarur bo‘lgan jihozlar, texnika vositalaridan foydalanish tartibi;

- xodimni aloqa vositalari bilan ta’minlash, Internet tarmog‘idan foydalanish;

- xodimga ish beruvi tomonidan berilgan jihozlar buzilganda zararni qoplash bo‘yicha shartlar;

- xodim shaxsiy jihoz, texnika vositalaridan, Internetdan foydalanganda xarajatlarni qoplash tartibi;

- xodim va ish beruvchining zaruriy mehnat muhofazasi va mehnat sharoitlariga amal qilish bo‘yicha majburiyatlari;

- ishlab chiqarish zaruriyati tug‘ilganda xodimni doimiy ishga o‘tkazish shartlari.

Mazkur ishlash usuliga o‘tkazilgan xodimlarning mehnat ta’tili, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa olish hamda qonun hujjatlari va jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boshqa huquqlari saqlab qolinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан