Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mast holda transport boshqargan haydovchilarga jazo kuchaytirildi
14.03.2022 17:20,  
109

O‘zbekistonda mast holda transport vositasini boshqarish 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritiladigan o‘zgartirishda ko‘zda tutilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida mast holda mashina haydaganlik uchun 5 yil muddatga haydovchilik huquqidan mahrum etish va boshqa jazo choralarini og‘irlashtirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilishi kutilayotgani ma’lum qilindi.

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX boshlig‘i Olimjon Saidovning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda 8 ta normativ huquqiy hujjat, jumladan, ikkita qonun, bitta prezident qarori hamda to‘rtta hukumat qarori loyihalari tayyorlanmoqda.

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga mast holda mashina haydaganlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan 5 yil muddatga mahrum qilishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish kiritilishi ko‘zda tutilgan. Amaldagi tartibga ko‘ra, transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqargan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil-u 6 oydan 3 yilgacha muddatga mahrum qilinadi.

Shuningdek, mazkur qilmish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (13,5 million so‘m) miqdorida jarima solinishi qat’iy belgilanmoqda. Amaldagi jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarini tashkil etadi», — deydi Olimjon Saidov.

Mast bo‘la turib tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganlik uchun haydovchilik huquqidan mahrum qilish muddati qat’iy 3 yil etib belgilanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан