Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maxsus komissiya faqat xususiy bog‘chalarga ruxsat berilishini ma’lum qildi
4.06.2020 16:20,  
541

Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekistonda 15 iyundan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga ruxsat berilishi haqidagi xabar yuzasidan izoh berdi. O‘zbekistonda 15 iyundan «yashil» va «sariq» hududlarda faqat xususiy maktabgacha ta’lim muassasalariga ruxsat beriladi.

Davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati 15 iyunidan 1 iyuliga qadar, Maktabgacha ta’lim vazirligi jadvali asosida bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi..

Bunda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, sanitariya-gigiyenik xavfsizlikning barcha qoidalari va standartlariga rioya qilingan bo‘lishi kerak:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etish;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari binolarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;
  • xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
  • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodim va tarbiyalanuvchilarning mashg‘ulotlarga kiritmaslik choralarini ko‘rish talab etiladi.

Bog‘chalarning ochilishi jadvali Maktabgacha ta’lim vazirligining veb-saytida e’lon qilinadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан