Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maxsus komissiya karantin qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan murojaat qildi
21.03.2020 22:29,  
341

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi fuqarolarga murojaat qildi. Unda shunday deyiladi:

Koronavirus tarqalishini oldini olishning eng muhim sharti karantin qoidalariga qat’iy va istisnolarsiz rioya etishdir.

Shuning uchun, chet eldan qaytib kelayotgan vatandoshlarimiz, faoliyatida cheklovlar o‘rnatilgan tashkilotlar va muassasalar, tadbirkorlik sub’yektlari va umuman mazkur cheklovlar tegishli bo‘lgan barcha-barcha sub’yektlar, jismoniy va mansabdor shaxslar davlat tomonidan belgilangan karantin qoidalari va talablarini so‘zsiz bajarishlarini qat’iy so‘raymiz.

Amalga oshirilayotgan keng qamrovli tushuntirish ishlari va choralar, jumladan murakkab sharoitda va tezkor ravishda chet eldan qaytib kelayotgan ko‘p sonli vatandoshlarimiz uchun respublika hududlarida sharoitlar qilinganiga qaramasdan, kecha Samarqand viloyatida karantinga olingan maskandan ikkita fuqaro qochib ketgan.

O‘zlarining bu mas’uliyatsizlik xatti-harakati bilan mazkur fuqarolar respublikadagi boshqa fuqarolar va yaqinlari hayotini xavfga qo‘ygan va bu bilan O‘zbekiston qonunlarini qo‘pol ravishda buzgan. Ushbu fuqarolar hozirda ushlangan va izolyasiya qilingan. Ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Shu munosabat bilan yana bir marta barcha aholi qatlamlarini alohida ogohlantiramiz hamda o‘z harakatlaringiz bilan nafaqat o‘zingiz balki oila a’zolaringiz va xalqimizga ziyon yetkazishingiz mumkinligini doimo esda tutishlaringizni so‘raymiz.

Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun O‘zbekiston qonunchiligida juda keskin javobgarlik choralari ko‘zda tutilgan.

Jinoyat kodeksiga asosan shunday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan shaxslar 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Virus keng tarqalishining oldini olish uchun fuqarolar jamoat joylariga iloji boricha chiqmasligi, o‘z harakatlanishini keskin cheklashlari va umuman olganda jamiyatda bir-birlari orasida masofa saqlashlari zarur.

Hurmatli fuqarolar, barcha belgilangan qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinsagina, tegishli tashkilotlar talablari qat’iy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan ushbu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashimiz samara beradi. Barchangizni shunga chaqiramiz.

O‘z navbatida, tegishli mutasaddi mas’ul idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va xodimlari karantin bilan bog‘liq talablarga rioya etilishini 24 soat ta’minlab borilishiga shaxsan javobgardirlar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан