Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






May oyida O‘zbekistonda pul o‘tkazmalari hajmi qariyb ikki baravar oshdi
18.06.2020 23:45,  
122

May oyida biznesmenlar tomonidan xorijiy valyutaga talab barqaror bo‘lib, jismoniy shaxslar bilan operatsiyalar segmentida talab va taklif barqarorlashdi, deya xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati. Ichki valyuta bozoridagi operatsiyalarning umumiy hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etdi, bu aprel oyiga nisbatan 1,1 baravar ko‘p.

May oyida kompaniyalar 1,025 milliard dollar sotib olishdi: valyuta bozorida 767 million dollar va birjadan tashqari valyuta bozorida 258 million dollar.

Asosan chet el valyutasi asbob-uskunalar, ishlab chiqarish uchun tovarlar va xom ashyo (63%), xalq iste’moli mollari va dori-darmonlar (21%), tashqi qarzlarni qaytarish (113%) va boshqa maqsadlar uchun (3%) sotib olindi.

Jismoniy shaxslar may oyida ayirboshlash shoxobchalari orqali 354 million AQSh dollari miqdorida operatsiyalar amalga oshirdilar - bu valyuta ayirboshlash hajmi keskin pasaygan aprel oyiga nisbatan 2,1 baravar ko‘p. Aholi tomonidan chet el valyutasini sotib olish 217 million dollarga pasaydi (aprel oyidagi $321 mln.ga nisbatan 32 foizga kamroq).

Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali 485 million dollar mablag‘ olindi, bu aprel oyiga nisbatan (235 million dollar) 1,9 baravar ko‘p.

May oyida valyuta bozorida xorijiy valyutalarning umumiy taklifi (Markaziy bank aralashuvlaridan tashqari) 892 million dollarni tashkil etdi va aprelga nisbatan 1,1 marta ko‘paydi.

Markaziy bankning valyuta intervensiyalari oltin-valyuta zaxiralarining betarafligi prinsipiga asoslangan va ushbu davrda mahalliy korxonalardan sotib olingan monetar oltinlar hajmida bo‘lgan

Yanvar-may oylarida importni moliyalashtirish manbalari tarkibida ichki valyuta bozorida sotib olingan mablag‘larning ulushi 56% ni, xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobidan importni moliyalashtirish ulushi 20% ni tashkil etdi.

May oyida milliy valyuta 0,15 foizga qadrsizlandi (1 AQSh dollari uchun 10133 so‘mdan 10148 so‘mgacha ko‘tarildi).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан