Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






May oyida o‘zbekistonlik brakonerlar tabiatga qancha zarar yetkazgani ochiqlandi
4.06.2020 17:42,  
127

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan may oyi – «Brakonerlikka qarshi kurash oyi» deb e’lon qilingan edi. Ma’lum qilinishicha, shu vaqt ichida 629 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Qo‘mitaning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi tomonidan 465 nafar huquqbuzarlarga nisbatan jami 421,9 mln. so‘m jarima belgilandi.

Shuningdek, jami 345 ta holat bo‘yicha 2 mlrd. 690 mln. so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Hozirgacha 215 ta holat bo‘yicha 195,5 mln. so‘m jarimalar va 143 ta holat bo‘yicha 242,8 mln. so‘m tabiatga yetkazilgan zarar undirildi.

107 ta holat bo‘yicha 1 mlrd. 892 mln. so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан