Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Maymunlarga o‘yin o‘ynashni o‘rgatishyapti. Bizdachi, bitta metroni eplay olmayapmiz” – Komil Allamjanov
13.04.2021 09:25,  
1029

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjanov so‘nggi kunlarda Toshkent metropolitenida sodir bo‘layotgan muammolar haqida fikr bildirdi.

“Dunyoda olimlar maymunlarning miyasiga chip o‘rnatib, o‘yin o‘ynashni o‘rgatishyapti.

Bizda esa bitta metroning sifatli ishlashini ta’minlay olishmayapti. Uch kundan beri faqat metro muhokamada.

Umrimda birinchi marotaba metro to‘xtab qolib, uni shatakka olinganini ko‘rishim. Yana ommaga murojaat qilib, “tuxmat qilmalaring metro to‘qnashdi deb, u shunchaki buzilib qoldi, tuxmatga jazo bor-a”, deb do‘q urishadi.

Yillar davomida qo‘shnilar milliardlab dollar sarf qilib, universitet qurdi, biz esa shu pulga futbol stadioniyu, forumlar saroylarini qurdik. Ularda bilim yurtlari rivojlansa, bizda stadion bankrot, saroylar deyarli xuvillab yotdi.

Albatta, Prezidentimizning sa’y-xarakatlari bilan bizda ham maktablar, universitetlar qurilyapti. Lekin ancha vaqtni boy berib, bir avlodni yuqotib qo‘ydik. Bu ahvoldan chiqishga yillar va ko‘plab ilmlilar kerak.

Chunki, ilm va ilmlilargina bizni bu botqoqlikdan chiqara oladi. Boshqa hech qanday yo‘lni ko‘rmayapman”, degan Komil Allamjanov.

EFFECT.UZ

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda 8 aprel kuni Sergeli yerusti metrosida poyezd yarim yo‘lda to‘xtab qolib, yo‘lovchilar temir yo‘l bo‘ylab piyoda yurishga majbur bo‘lgani, “Toshkent metropoliteni” UK rahbariyati voqea joyida vaziyatning sabablarini aniqlayotgani haqida xabar berilgan edi.

To‘xtab qolgan metro yo‘nalishi — Olmazor stansiyasidan Qipchoq stansiyasigacha bo‘lgan oraliqda vaqtinchalik avtobus yo‘nalishi harakati yo‘lga qo‘yilgan. “Toshkent metropoliteni” UK matbuot xizmati Sergeli yo‘nalishidagi poyezdlar harakati soat 16:45 da tiklanganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, 9 aprel kuni “Beruniy” metro bekatida ikki poyezd to‘qnashgani aytilgan video tarqaldi. Toshkent metropolitenining holat bo‘yicha rasmiy izohida ta’kidlanishicha, aslida to‘qnashuv sodir bo‘lmagan, balki poyezd boshqa poyezd yordamida shatakka olib “Beruniy” bekatiga olib kelingan.

Yana bir holat 10 aprel kuni sodir bo‘lib, unda Toshkent metrosida poyezd ochiq eshik bilan harakatlangan va shuning ortidan 3 kishi ishdan olingan.

“Bunaqa dahshatni faqat triller kinolarda ko‘rish mumkin edi, ammo o‘z ishiga mas’uliyatsiz insonlarning kasriga, ming afsuski, bizda bunaqa holatlar kundalik voqeaga aylanib qolayotgandek. Ishqilib oxiri baxayr bo‘lsin. Bunga javob beradigan biror zot bormi?”, deb yozadi bu haqida bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev.

EFFECT.UZ

Toshkent metropoliteni mazkur holatga izoh berib, yopilmagan eshik voqeasi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Ya’ni har bir metro poyezdida lokomotiv eshik signalizatsiyasi mavjud bo‘lib, u poyezdlarning ochiq eshiklari bilan harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq eshikning yopilishiga sun’iy xalaqit berilganida yoki yopish mexanizmiga biror buyum tushganida avtomatik yopilish tizimi ishlamay qoladi, chunki bu kabi holatlarda eshikning pnevmatik magistrali o‘chadi.

EFFECT.UZ

“Vagonda favqulodda holatlar yuzaga kelgan taqdirda yo‘lovchilardan har bir vagonga o‘rnatilgan ‘yo‘lovchi—mashinist’ maxsus aloqa moslamasi orqali mashinistga xabar berishlarini so‘raymiz. Shuningdek, eshiklarga suyanmaslikni va avtomatik yopilish vaqtida uni ushlab qolib, harakatga to‘sqinlik qilmasliklarini so‘rab qolamiz. Avtomatik eshiklarni ko‘pincha yo‘lovchilar vagonga siqilib kirish yoki kimgadir yordam berishda ushlab qoladi. Natijada poyezd stansiyada belgilanganidan uzoqroq qolib ketishi mumkin”, deyiladi xabarda.

“Toshkent metropoliteni” rahbariyati sodir bo‘lgan voqea yuzasidan kechirim so‘ragan va ushbu holat bo‘yicha xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani, jumladan, vagon va stansiyadagi videoyozuvlar o‘rganilayotganini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан