Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Maymunlarni o‘g‘irlikka o‘rgatgan kimsalar fosh bo‘ldi
11.04.2021 20:34,  
283

Nyu-Dehlida politsiya maymunlarga o‘tkinchi yo‘lovchilardan narsa o‘g‘irlashni o‘rgatayotgan ikki kishini hibsga oldi. Velorikshada o‘g‘irlikka duch kelgan mahalliy advokat firibgarlarga qarshi ariza yozgan, deya xabar bermoqda Al Arabiya.

Ta’kidlanishicha, huquqshunos kompaniyalardan biridan rikshada ketayotganda jonivorlar qanday qilib cho‘ntagidan olti ming rupiyasini o‘g‘irlaganini payqab qolgan. So‘ngra maymunlar bilan birga erkaklar qochib ketishayotganini ko‘rib qolgan.

Huquq-tartibot idoralari ulardan ikkitasini avtobus bekatida qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Uchinchi jinoyatchi qochishga ulgurdi. Shundan so‘ng maymunlar hayvonlarni qutqarish markaziga yuborildi.

Politsiya bunday to‘dalarni mamlakatdagi boshqa o‘g‘irlik holatlari bilan bog‘laydi. Masalan, o‘tgan yili mamlakat shimolidagi Meratx shahrida jinoyatchilar tibbiyot xodimiga hujum qilib, koronavirus aniqlangan bemorlarning qon namunalarini o‘g‘irlab ketishgani haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан