Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaiy Bank: bankomatlardan yechilayotgan pullarning hajmi keskin oshib ketdi
24.10.2019 18:11,  
577

Naqd pul aylanmasi bo‘yicha Markaziy bank qisqacha sharxi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida bank kassalari orqali naqd pul aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga oshib, 195,1 trln. so‘mni tashkil etdi.

2019 yilning dastlabki 9 oyi mobaynida bank plastik kartalariga 79 trln. so‘m pul kirim qilingan. Shundan 32 %i yoki 25.3 trln. so‘mi bankomatlar va bank kassalari orqali naqdlashtirilgan. Faqatgina bankomatlarning o‘zidan 17.3 trillion so‘m mablag‘ yechilgan bo‘lib, u o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 7.3 barobarga ko‘pdir.

Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida jami pul tushumlarida to‘lov terminallari orqali bo‘layotgan tushumlar qisqarib bormoqda. 2017 yilning yanvar-sentyabr oylarida 63.9 % tushum terminal orqali tushgan bo‘lsa, 2018 yilning shu davrida 44.8 %, joriy yilda esa 34.9 % tushum terminallardan tushgan.

Markaziy bank mazkur holatning yuzaga kelishi sabablarini aholining tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni naqd pulda amalga oshirishni va o‘z navbatida, tadbirkorlik sub’yektlari ham hisob-kitoblarni naqd ko‘rinishda bo‘lishini ko‘proq ma’qul ko‘rayotganligi bilan izohladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан