Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Markaziy Bank: o‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport 34 foiz, import esa 18 foizga o‘sgan
15.10.2019 19:02,  
123

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019 yilning dastlabki 9 oyi bo‘yicha dastlabki to‘lov balansini tayyorladi.

O‘zbekiston joriy yilning yanvar-sentyabr oylari mobaynida 11.1 mlrd $ lik mahsulotlar eksport qilgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagiga 7.3 mlrd $ga nisbatan 34%ga oshgan. Bunga asosiy sabab sifatida jahon bozorida o‘zbek mahsulotlari uchun maqbul narx shakllangani hamda logistika tizimining takomillashgani ko‘rsatilgan.

Import hajmi esa 15.6 mlrd $ga yetdi. Avvalgi yil bilan qiyoslaganda 18%ga o‘sgan. Hozirda savdo balansi salbiy saldosi 4.5 mlrd $ni tashkil qiladi (bir yil avvalgi natijalardan 17 %ga yaxshiroq).

Moliyaviy hisob dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, manfiy saldoni tashkil qilib, 5.3 mlrd %ni tashkil etadi. Kapitalning sof kirimi davlat boshqaruvi sektori operatsiyalari hamda xorijiy kredit liniyalari jalb qilinishi, shuningdek O‘zbekistonning suveren obligatsiyalari joylashtirilishi bilan bog‘liq.

Oltin-valyuta zaxirasi esa 27.9 mlrd $ bo‘lib, u O‘zbekistonning 13 oylik importini qoplashga yetadi (Tavsiya qilingan daraja 3 oy hisoblanadi).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан