Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MB raisi o‘rinbosari Hukumat yog‘ narxini tushirish uchun nima qilayotganini aytdi
23.04.2021 13:53,  
2179

Bugungi kunda O‘zbekistonda ro‘zg‘or uchun eng muhim mahsulot –yog‘ning narxi keskin oshishi aholining jiddiy norozilik va e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi ko‘tarilishiga qarshi qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

“Ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari narxi birinchi chorakda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,9 foizga oshishi kuzatildi. Mart oyida narx oshishining oldini olish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining “Ichki iste’mol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va ularning narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan respublika ishchi guruhi va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, go‘sht, kartoshka, guruh va o‘simlik yog‘ini qancha ishlab chiqarish kerak, qancha zaxiralash kerak va qancha import qilish kerakligi belgilab berildi”, dedi Behzod Hamroyev.

Hukumat qaroriga ko‘ra, 2021 yilda 78 000 tonna o‘simlik yog‘i, 64 000 tonna shakar, 300 000 tonna kartoshka, 40 000 tonna go‘sht import asosida keltirilishi nazarda tutilgan.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ichki bozorlarda yog‘-moy mahsulotlarining narxi keskin o‘sishini birinchi navbatda tashqi bozorlarda narxlar oshishi va o‘tgan hosil yilida yetishtirish hajmlari nisbatan kamroq bo‘lishi munosabati bilan asosiy yetkazib beruvchilardan bo‘lgan qo‘shni davlatlarda kungaboqar yog‘i va urug‘i eksportiga yuqori bojxona bojlari belgilanishi tartibi muddati uzaytirilishi bilan izohladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан