Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi
9.05.2020 12:41,  
45

2020 yilning 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokonferensaloqa shaklida Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligidagi majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.

Tadbir chog‘ida xalqaro kun tartibining va Hamdo‘stlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019 yilga mo‘ljallangan ko‘p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining amalga oshirilishini va 2020 yil uchun Rejani, shuningdek koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yo‘llarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан