Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Media Park»ning yana 2 nafar xodimi va «O‘rikzor»dagi sotuvchining 5 nafar oila a’zosida koronavirus aniqlandi 
6.06.2020 16:56,  
782

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, 4 iyun kuni davomida koronavirus aniqlangan 96 nafar bemordan 13 nafari aholi orasida aniqlangan. 5 iyun kuni esa, umumiy kasallanish ko‘rsatkichi kamayib, 68 nafarni tashkil etgan bo‘lsa-da, ulardan 17 nafari aholi orasidan aniqlangan.

"Shundan 9 nafari Toshkent shahridan, 4 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 2 nafari Toshkent viloyatidan, Namangan va Buxoro viloyatlaridan 1 nafardan.

Jumladan, Toshkent shahridagi Olmazor tumanida nafaqadagi fuqaroda, Uchtepa tumanidagi «O‘rikzor» savdo majmuasida yana bir do‘kon sotuvchisi va uning 5 nafar oila a’zosi (onasi, ikki nafar qizi, o‘g‘li va jiyani)da koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan.

Aynan «O‘rikzor» savdo majmuasida o‘tgan may oyi davomida yuk tashuvchi bo‘lib ishlagan, so‘ngra doimiy yashash manzili Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumaniga qaytgan fuqaro va uning 3 nafar oila a’zosi (2 nafar akasi va qizi)da ham ushbu kasallik aniqlandi.

Bugun ayni paytgacha Toshkent shahrida aholi orasida yana 3 nafar fuqaroda koronavirus aniqlangan bo‘lib, jumladan, Shayxontohur tumanidagi «Media Park» savdo majmuasining yana 2 nafar xodimida ham koronavirus qayd etilgan. Yuqoridagi barcha holatlar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Tahlillardan oydinlashadiki, nafaqat «qizil» va «sariq» hududlar, balki «yashil» hududlarda ham koronavirus yuqtirib olish xavfi mavjud," - deyiladi SSV axborotida.

Shu bois, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan karantin va sanitariya qoidalariga so‘zsiz rioya etishni, kasallik alomati sezilgan zahoti shifokorga murojaat etishni hamda ko‘chada, ishxonada, safarda va umuman qayerda bo‘lishingizdan qat’iy nazar, bir lahza bo‘lsa-da, hushyorlikni yo‘qotmaslikni takror-takror so‘rab qoladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан