Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Mehnat migratsiyasi agentligi fuqarolarni bepul kasbga o‘qishga taklif qilmoqda
4.03.2020 16:58,  
352

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo‘lgan fuqarolarni kasbga yo‘naltirish markazlariga o‘qishga taklif qilmoqda.

Kasbga yo‘naltirish markazlari quyidagi manzillarda joylashgan:

Buxoro shahar, Xalqlar do‘stligi ko‘chasi 4-uyda joylashgan Buxoro arxitektura va qurilish kollejida suvoqchi, bo‘yoqchi, g‘isht teruvchi, tikuvchi, temir beton va po‘lat konstruksiyalarni montajlash, betonchi, armaturachi yo‘nalishlarida;

Jizzax shahridagi Jizzax arxitektura va qurilish kollejida g‘isht teruvchi, keramik plitalar (kafel) terish, suv, gaz, issiqlik tizimi va kanalizatsiya quvurlarini montaj qilish (santexnika), temir beton, ko‘tarma kran boshqaruvchisining yordamchisi yo‘nalishlarida;

Namangan viloyati, Uchqo‘rg‘on tumani, Mustaqillik ko‘chasi 46-uyda joylashgan Uchqo‘rg‘on axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejida elektromontyor va tikuvchilik yo‘nalishlarida;

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Fayzullo Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan Shahrisabz shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazida elektr montajchi, elektronika va tikuvchilik yo‘nalishlarida kasb-hunar o‘rgatiladi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv-kurslari 1 oydan 3 oygacha davom etadi va yakunida sertifikatlar beriladi.

O‘quv-kurslarida bepul o‘qish istagidagi fuqarolar hududidagi tuman (shahar) bandlikka ko‘maklashish markazlaridan ishsizligi haqida ma’lumotnoma olib kelgan taqdirda, har bir fuqaro uchun Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan 4 bazaviy hisoblash miqdoridan oshmagan miqdorda grantlar ajratiladi.

Ma’lumot uchun: +99871 202 33 55 (ichki raqam 59)

E-mail: [email protected]

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан