Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak". “Davlat tili xaqida”gi qonun loyihasi muhokamasi to‘xtatildi
20.04.2021 22:33,  
357

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bobma-bob, moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Loyihadagi davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tilining qo‘llanilishi bilan bog‘liq masalalar qizg‘in bahs-munozalarga sabab bo‘ldi.

Loyiha yuzasidan ayrim e’tirozlar bildirildi. Ayrim moddalarni qayta ishlash va maromiga yetkazish bo‘yicha takliflar aytildi. Asosli fikrlar inobatga olingan holda qonun loyihasini yanada takomillashtirish uchun mas’ul qo‘mitaga qo‘shimcha vaqt berildi.

Ushbu muhokama yuzasidan "Milliy tiklanish" partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘zining xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.  

"Qonun loyihasini muhokamasida XDPning sovetcha qarashlari va “Milliy tiklanish”ni azaldan jini suymaydiganlar bilan qonunga jiddiy e’tibor bermayotganlarning kayfiyatlari ustuvorlik qilmoqda. O‘zbek tili qadrini ko‘tarish va uni ustuvorligini ta’minlash uchun kiritayotgan takliflarimiz “qolgan millatlarni xafa qilib qo‘ymasligimiz kerak” yondashuvi bilan qabul qilinmay qoladigandek.  

Kechagi sessiyada shunday normalardan biri yetarli ovoz yig‘madi.

Qonunning 11-moddasida davlat xizmatchisi o‘zbek tilini bilishi shartligi belgilangan. Hali bu moddaga yetib kelmadik. Lekin 4-moddada fuqaroni davlat tilini bilmaganligi uchun xuquqini cheklamaslik to‘g‘risida norma ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi. Taxmin qilayapman, shu ketishda 11-moddadagi davlat xizmatchisiga davlat tilini bilish, 13-moddadagi davlat idoralari arizalarni davlat tilida qabul qilishi va javob berishi, 17-moddadagi barcha millatlarni o‘z ona tillarida ta’lim olishlariga ustuvorlik berish bo‘yicha normalar ham chiqarib tashlanadi.  

Hammani o‘ylash albatta yaxshi, o‘ylayapmiz ham, bu qonun loyihasida bironta boshqa millatli vatandoshlarimiz huquqini kamsitadigan norma yo‘q... lekin bu mehribonlik o‘zimizni kamsitish hisobiga bo‘lmasligi kerak...

Parlament saylovlarida mas’uliyatli bo‘ling. Chunki shu yerda millat yo qaddini rostlaydi yoki tiz cho‘kadi", deya mulohaza qilgan deputat. 

Shunday qilib, Qonun loyihasi parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан