Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Meksika koronavirus qurbonlari salmog‘i bo‘yicha uchinchi o‘ringa ko‘tarildi
1.08.2020 12:59,  
140

Meksikada koronavirusdan vafot etganlar soni 46,6 ming kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Ugo Lopez Gatel o‘zining Tvitter sahifasida ma’lum qildi.

31 iyul holatiga ko‘ra, Meksikada 424 637 ta COVID-19 holati aniqlangan, dedi u. 46 688 kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etdi, 278 618 kishi davolandi.

Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat COVID-19 dan vafot etganlar soni bo‘yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, dunyoda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. Shu paytgacha Britaniyada 46,204 mingdan ortiq o‘lim qayd etilgan.

Vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni AQSh egallaydi, u yerda 153,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan. Keyingi o‘rinlarda Braziliya 92,4 ming.

Meksika koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni bo‘yicha oltinchi o‘rinda turadi. Birinchida, qolganlardan katta farq bilan AQSh (4,5 million), undan keyin Braziliya (2,6 million), kuchli uchlikni Hindiston (1,6 million) yakunlaydi. Rossiya to‘rtinchi (838 ming), beshinchida - Janubiy Afrika Respublikasi (493 ming).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан