Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Meksikada kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori vafot etdi
8.10.2020 13:02,  
68

Meksikalik olim, kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Mario Molina chorshanba kuni Mexiko shahrida 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda tadqiqotchi tahsil olgan Meksika Milliy Avtonom Universiteti (UNAM) o‘z Tvitterida e’lon qildi.

"UNAM 1995 yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori doktor Mario Molinaning vafot etgani haqida taassuf bilan xabar beradi", deyiladi xabarda. El Universal gazetasining yozishicha, olimning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgan.

Molina atmosferadagi ozon tuynuklarini tadqiq qilgan. Amerikalik kimyogar Rouland Shervud bilan birgalikda u xloroflorokarbonatlar Yerni quyoshning ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladigan stratosfera ozon qatlamini yo‘q qilishini aniqladi. Natijada, ushbu moddalarni ishlab chiqarish 1985 yilgi Vena konvensiyasi va 1987 yilgi Monreal protokoli bilan taqiqlangan.

Molina atmosfera kimyosidagi, ayniqsa ozon qatlamining hosil bo‘lishi va yo‘q qilinishidagi ishlari uchun Shervud va gollandiyalik kimyogar Pol Krutsen bilan hamkorlikda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан