Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Meksikada 7,4 balli kuchli zilzila va 440 dan ortiq yer silkinishlari qayd etildi (video)
25.06.2020 11:49,  
535

Meksikada ro‘y bergan zilzila natijasida qurbonlar soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda "Gazeta" nashri xabar bermoqda.

Oaxaka shtatidagi vayronalar ostida qutqaruvchilar yana uch kishining jasadini topdilar.

Marhumlarning ikkitasi Osolotepekdagi uyning ostidan topilgan, uchinchi kishi Sola de Vega shahridagi ko‘chki oqibatida vafot etgan. OAV xabarlariga ko‘ra, qurbonlardan biri 15 yoshli.

23 iyun kuni Meksika janubida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Meksikalik seysmologlar shuningdek 440 dan ortiq yer silkinishlarini qayd etishdi. AQSh Sunamidan ogohlantirish milliy markazi Meksika, Gvatemala, Gonduras va Salvadorning g‘arbiy sohillarida xavf borligini ma’lum qildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан