Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Meksikadagi qurilish maydonida 60 tacha mamont suyagi topildi
23.05.2020 06:11,  
388

Meksikalik olimlar yangi aeroport qurilish joyidan mamont qoldiqlari va ispanlar bosqiniga qadar bo‘lgan davrga tegishli dafn qilingan odamlar jasadini topdilar. Bu haqda Meksika antropologiya va tarix milliy institutiga tayanib "Gazeta" nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassislar 15 kishining skeletlari va 60 ga yaqin mamontlarni topdilar. Ular allaqachon qoldiqlarni qayta tiklashgan va undan Meksika havzasi evolyusiyasini o‘rganishni rejalashtirmoqdalar.

Topilgan odamlar, arxeologlar fikricha, dehqonlar bo‘lishgan. Ular aholi punkti yaqiniga qozonlar va loy haykalchalar bilan birga dafn etilgan. Topilgan sopol buyumlar ushbu manzilgoh eramizning VIII-X asrlariga taalluqli ekanligini ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан