Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Men bunga to‘laqonli tayyorman» – Zoyir Mirzayev mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilish haqida
18.01.2021 10:52,  
445

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ishlab chiqqan qonun loyihasida mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qiladigan mansabdor shaxslarning barcha toifalari qamrab olingani, ularning orasida prezident va bosh vazir ham borligi ma’lum qilingan edi.

Kun.uz muxbiri Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning Aksilkorrupsiya agentligi tayyorlagan qonun loyihasiga munosabati, basharti qonun kuchga kirgan taqdirda, mol-mulki va topayotgan daromadlari bo‘yicha deklarasiya topshirib borishi yoki bormasligi bilan qiziqdi.

«Albatta, mol-mulk va topayotgan daromadni deklaratsiyalash masalasi bugun to‘satdan yuzaga chiqqan masala emas, bunga ikki-uch yil davomidagi muhokamalarda tayyorgarlik ko‘rildi. Qolaversa, mazkur qonunning kuchga kirishi bugungi zamonning talabi. Biz bunga tayyormiz. Shaxsan o‘zim ham bunga tayyorman. To‘laqonli holatda. Qolaversa mazkur qonunning qabul qilinishini, tezroq kuchga kirishini qo‘llab-quvvatlayman.

Bu, birinchi navbatda, jamiyatda shaffoflikni, qaysidir ma’noda bir bosqichga ko‘tarilganligini ta’minlaydigan bo‘lsa, ikkinchidan har bir rahbar, har bir shaxs umuman olganda kim bo‘lishidan qat’iy nazar jamiyat a’zosi sifatida o‘zining davlat oldidagi majburiyatini yoki qonunlarga nisbatan hurmatini ko‘rsatib beradi, degan fikrdaman», – deya Zoyir Mirzayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi O‘tkirbek Namozboyev hozirda ushbu loyiha kelishish uchun tegishli organlarga kiritilganini aytgan edi.
 
«Mansabdor shaxslarning barcha doirasi qamrab olingan. Hujjat qabul qilish vakolati bo‘lgan barcha mansabdor shaxslar – quyidan tortib yuqorigacha bo‘lgan mansabdor shaxslar doirasi qamrab olingan. Ya’ni prezident, bosh vazir... Umuman, prezident administrasiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika tashkilotlari, hokimliklar, sud, prokuratura – ularning barchasi biz tayyorlagan qonun loyihasida [mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilishi] nazarda tutilgan», – degan edi u.

Shuningdek, avvalroq, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham mol-mulki va daromadlari bo‘yicha deklarasiya topshirib borishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан